Bu qiziq

Qaysi mahsulot qorin yog‘larni eritishga yordam beradi?

Olimlar aytishiga ko‘ra, ushbu shirin meva nafaqat vitaminlarga boy, balki qorin sohasidagi yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Sputnik
Visseral yog‘lar ya’ni, asosan, qorin sohasida to‘planadigan yog‘lar – salomatlik uchun zararli: u gormonlar faoliyatini buzadi, hujayralarning insulinga ta’sirchanligini pasaytiradi va tromblar paydo qiladi.
Wake Forest Baptist tibbiyot markazi tadqiqotchilariga ko‘ra, eriydigan kletchatka visseral yog‘lardan halos bo‘lishga yordam beradi. Bu haqida Daily Express ma’lum qildi.
Hayratlanarlisi, qulupnay mevasi eriydigan kletchatkaga boy. Meva shirin bo‘lsada, biroq ortiqcha vazn to‘plashga olib kelmaydi, aksincha, uni kamaytirishga yordam beradi.
“Har kuni eriydigan kletchatkadan 10 gramm iste’mol qilish 5-yil mobaynida visseral yog‘ hajmini 3.7%ga kamaytiradi. Mo‘tadil jismoniy faollik esa xuddi shu vaqt mobaynida visseral yog‘lar yo‘qolishini 7,4 % ga kamatiradi”, deydi olimlar.
Qulupnayda antotsianin ya’ni yomon xolesterin va triglitseridlar miqdorini kamaytiradigan modda ko‘p.