TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. U besh soatdan oshiqroq vaqt davom etdi. Putin fransiyalik hamkasbi bilan bo‘lgan uchrashuvni mazmunga boy va foydali deb atadi.
Rossiya rahbari muzokaralardan keyin tashkil qilingan qo‘shma matbuot anjumanida Kiyev tomonidan Minsk kelishuvlari bajarilmayotganini qayd etdi, NATO siyosatini tanqid qildi va agar Ukraina Qrimni kuch ishlatish yo‘li bilan tortib olishga urinsa, urush xavfidan ogohlantirdi.
Xavfsizlik kafolatlari
Mavzulardan biri xavfsizlik kafolatlari bo‘ldi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar AQSh va NATOga yo‘llangan Rossiya tashabbuslari borasida fikr almashishgan. Umumevropa xavfsizligi bu mavzuda Moskva xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Rossiya yetakchisi Moskva takliflarida bajarib bo‘lmaydigan biror bir band yo‘qligini ta’kidladi
Shunga qaramasdan, g‘arblik hamkorlar NATOni kengaytirmaslik, Rossiya chegaralari yaqinida zarba tizimlarini o‘rnatmaslik, alyans infratuzilmasini 1997-yilgisiga qaytarish kabi asosiy masalalarni e’tiborsiz qoldirishgan. Shunday ekan Rossiya uchun bu mavzudagi muloqot yakunlanmagan, dedi Putin.
Shuningdek, u Makronni Rossiya Vashington va Brusselga yo‘llaydigan javobi mazmunidan xabardor qildi.
Ukraina va Poroshenkoga boshpana berish haqida
Rossiya rahbari Makronning e’tiborini Kiyev erishilgan kelishuvlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotganiga qaratganini bildirdi. “Albatta, o‘z tomonimdan janob prezidentning diqqatini hozirgi Kiyev hukumatining Minsk kompleks choralari majburiyatlari va “normand shaklidagi” kelishuvlarga, jumladan, sammitga erishilgan kelishuvlarga rioya qilishni istamayotganiga qaratdim”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi Kiyev Minsk kelishuvlarini qismlarga ajratishga bel bog‘laganini qayd etdi.
“Konstitutsiyaviy islohot, afv, mahalliy saylovlar, Donbassning alohida maqomining huquqiy jihatlari kabi asosiy masalalar yuzasidan oldinga siljish yo‘q. Hanuzgacha Ukraina qonunchiligiga mashhur, har holda mutaxassislar uchun, Shtaynmayer formulasi kiritilmagan”, - deya birma-bir sanadi Putin.
Shu bilan birga u Minsk kelishuvlariga muqobili yo‘q ekanini ta’kidladi. Ukraina hukumati, jumladan, prezident Vladimir Zelenskiy ularga rioya qilishdan muntazam bosh tortib kelayotganiga qaramasdan.
“Yoqadimi yoki yoqmaydi, sabr qil, go‘zalim. Bajarish kerak, o‘zga iloj yo‘q”, - dedi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga siyosiy boshpana berishni taklif qilganini ma’lum qildi. Buni oldin ham aytgan va Rossiya hozir ham boshpana berishga tayyor.
NATO haqida
Rossiya yetakchisi NATO strategiyasi haqida gapirayotib eslatdiki, Rossiya undan dushman sifatida ko‘rsatilgan. Moskvani avvalgidek Shimoliy Atlantika alyansi faqat mudofaa ittifoqi degan gaplar tinchlantirishga urinishmoqda, biroq ko‘plab mamlakatlar fuqarolari o‘z tajribalarida bu qanchalik haqiqatga yaqin ekanini ko‘rishdi. Putin Iroq, Liviya, Afg‘oniston kabi davlatlarni misol tariqasida keltirdi.
U NATO a’zolari Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirishayotganini eslatdi. U yerga harbiy mutaxassislar va instruktorlarni jo‘natishmoqda. Makron bilan shu masalalar ham muhokama qilingan.
Putin Rossiya NATOning Sharqdagi yangi a’zolar hisobiga kengayishiga qat’iyan qarshi ekanini qayd etdi. “Chunki bu: a) biz uchun umumiy tahdidni tug‘diradi – NATOning chegaralarimiz sari kelishi, biz NATOga qarab harakat qilmayapmizku, balki NATO biz sari kelmoqda. Shu uchun Rossiya tajovukor deyish – sog‘lom mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, - dedi u.
Moskva 30-yildan buyon G‘arbni “uni, buni qilma deb” ko‘ndirib kelmoqda, biroq xavotirlarimiz, talablarimiz, takliflarimizni umuman e’tiborga olmaslik yaxshi emas, dedi Putin.
NATO bilan urush xavfi
Putin Ukrainaning NATOga qabul qilinishi alyansning Rossiya bilan urushi tahdidini keltirib chiqaradi. Zero Rossiya Kiyevning Qrimni o‘ziga harbiy yo‘l bilan qaytarib olishga urinishiga yo‘l qo‘ymaydi.
“Tasavvur qiling, Ukraina NATO a’zosi, beshinchi modda bekor qilinmagan, aksincha janob Bayden kuni kecha beshinchi modda – bu mutlaqo buyruq va ijro etilishini aytdi. Demak, Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy ziddiyat yuzaga keladi... Biz nima NATO bilan jang qilishimiz kerakmi?”, - dedi Putin.
Beshinchi modda
Vashington shartnomasining 5-moddasi NATOning kollektiv mudofaasi tamoyiliga bag‘ishlangan. Alyansning bir a’zosiga hujum qilish NATOning barcha a’zolariga hujum sifatida ko‘riladi.
Rossiya prezdenti Yevropa mamlakatlari bu vaziyatda o‘z o‘zidan unda g‘olib bo‘lmaydigan urushga jalb qilinishidan ogohlantirdi.
Birgalikdagi ish
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron matbuot anjumanida o‘z navbatida Rossiya va Yevropa xavfsizlik kafolatlari ustidan birgalikda ishlashi zarurligini aytdi.
Fransiya yetakchisi yaqin kunlar hal qiluvchi bo‘lishiga umid bildirdi va bunga yaqindan olib boriladigan munozaralar ko‘maklashadi.
Rossiyaning xavfsizlik takliflariga munosabat bildirayotib, Makron natijaga erishish oson bo‘lmasligini qayd etdi. Biroq buning uddasidan chiqishning iloji borligiga umid bildirdi. U Yevropada barqarorlikni ta’minlashning yangi mexanizmlari lozimligi, biroq ularni mavjud kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqmaslik kerakligini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, Fransiya yetakchisi Minsk kelishuvlari Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun zamin bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Makron Rossiya Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni tartibga solishlari shartligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar bu masala yuzasidan yakdil fikrlar pozitsiyasini belgilashga erishishgan.
“Hozir barchamiz Yevropadagi tinchlik yo‘li va Yevropadagi barqarorlik yo‘lini topishimiz darkor, hozir buning uchun imkoniyat va fursat bor”, - deya xulosa qildi Makron.