Kosmetika vositalari ichiga yashirilgan tilla taqinchoqlar aniqlandi – video

Toshkent aeroportida bojxonachilar kosmetika vositalari ichiga yashirilgan tilla taqinchoqlar aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar qiymati taxminan 62 mln. so‘mlik 155 gr. tilla taqinchoqlarni kosmetika vositalari ichiga yashirgancha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi.
Xorijiy mamlakatga yo‘l olgan yo‘lovchilar yuklari o‘rnatilgan tartibda nazorat-rentgen qurilmasi orqali ko‘zdan kechirilar ekan, ularning orasida fuqaro T.Sh.ga tegishli yuklar bojxonachilar e’tiborini tortdi.
Mazkur yuklar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, jomadonlarga joylangan kiyimlar orasidagi kosmetika vositalari ichiga uddaburonlik bilan joylangan, umumiy qiymati 62 million so‘mlik 155 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.