Tegishli nashrlar o‘z manbalariga tayangan holda Rossiya yoqilg‘isi importi bir yarim million barreldan oshib ketganini yozishmoqda. Shunga o‘xshash vaziyat go‘yoki Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan bog‘liq ikki tomonlama munosabatlar ortidan, yumshoq qilib aytdigan bo‘lsak, parodaksal bo‘lib ko‘rinadi. Biroq faqat birinchi qarashda.
"Vortexa" treking xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ayni daqiqalarda AQShning Sharqiy sohillari tomon Rossiya dizeli ortilgan bir necha tankerlar harakat qilmoqda. Aynan u yerda hozir yoqilg‘ining bu turi juda ham yetishmayotgani kuzatilmoqda. Bu esa o‘rta darajadagi kutilmagan qator omillar natijasida ro‘y berdi.
Shtatlarning Sharqiy sohilida sovuq qish sabab dizelga talab o‘sishi kuzatiladi – 2018-yildan boshlab eng yirigi. Boz ustiga mahalliy neftni qayta ishlash korxonalari ichki talabni ta’minlash vazifasining uddasidan chiqa olishmayapti.
Bari Texas shtatida joylashgan yirik "Marathon Petroleum" zavodi to‘xtashidan boshlandi. Mahalliy neftni qayta ishlash majmuasi ishlab chiqarishni elektr energiyasining taqchilligi sabab birdaniga kamaytirishga majbur bo‘lgan. Bu taqchillikni kuchli sovuq va aholining oshgan talabi keltirib chiqargan.
Tariflanayotgan voqealar o‘sha roppa-rosa bir yil oldin suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlari quvurlari muzlab qolgan va mahalliy aholi turli yo‘llar bilan isinishga uringani aks etgan videolar yo‘llangan Texasda ro‘y bermoqda. Ko‘lamni tushunish uchun: "Marathon Petroleum" sutkasida 600 ming barreldan kamroq ishlab chiqarardi, ya’ni elektr energiyasini yetkazib berish tizimidagi uzilish zanjiri boshqa yirik ishlab chiqaruvchilarni o‘z domiga tortdi.
Bu bilan ko‘ngilsizliklar tugamadi. Agar texasslik neftchilar tabiiy fors-major sababli ta’tilga chiqishgan bo‘lsa, ularning Sharqiy sohildagi hamkasblari esa – bozor konyunkturasi sababligina. So‘nggi Amerika savdo-sotig‘ida "West Texas Intermediate" neft markasi bir bochkasi uchun 92 dollardan oshib ketdi. Bu ham rekord sanaladi, lekin 2014-yildan boshlab
Shunga o‘xshash narx neftni qayta ishlash va ikkilamchi mahsulotlarni ishlab chiqarish rentabelligini minimumgacha kamaytiradi, ularning narxini oshiradi. Shu bois neftchilarga ishlagandan ko‘ra bir muddatga yopilish osonroq va foydaliroq.
Shimoldan, Kanadadan neft yetkazib berishning birdan kamayishi ham qo‘shimcha inqirozli omil bo‘ldi. U yerda bir yil avval pandemiya avjida bir necha mahalliy neftni qayta ishlab zavodlari o‘z ishlarini to‘xtatgandi, va ular ishi hozirgacha qayta tiklanmagan.
Amalda paradoksal vaziyat yuzaga keldi. Amerika neft sanoati neft narxini oshirish maqsadida qo‘yilayotgan o‘zining tuzog‘iga tushdi. Bundan shart-sharoitlarda amerikaliklarning o‘zlari ishlab chiqargandan ko‘ra, Rossiya yoqilg‘isini sotib olishlari va uni okean orqali olib kelishlari foydaliroq.
Ammo bu yerda haddan ziyod o‘zga bino qo‘ymaslik lozim.
Hozirgi bir yarim million barrel hajmidagi yetkazib berish – bu kam. "Energy Information Administration" ma’lumotlariga qaraganda, Qo‘shma Shtatlar 2020-yilda turli ehtiyojlar uchun 44 milliard gallon dizelini sarflashgan va bu deyarli bir millard barrelni tashkil etadi. Ya’ni mahalliy bozorga kirayotgan Rossiya yoqilg‘isi judam kam. Shu bilan birga o‘sha statistika ma’lum qilyaptiki, dizel Amernikaning eng ommabop yoqilg‘isi. Uning hissasiga turli distillyat yoqilg‘i turlari orasida 77 foizgacha iste’mol to‘g‘ri keladi.
Bo‘lib o‘tayotgan voqealar, albatta, hech qanday barbod bo‘lish va Rossiya energiya tashuvchilarning Amerika ichki bozoriga ommaviy kirib borishi emas, ammo vaziyat birdaniga bir nechta faktlarni yaqqol ko‘rsatadi. Birinchidan, shunday o‘z sanoati juda rivojlangan Qo‘shma Shtatlar kabi mamlakat ichki talabni yopish vazifasini eplay olmasligi mumkin – bu uchun sovuq ob-havo va birja indekslarining ko‘tarib tushishi kifoya. Ikkinchidan, Rossiya energiya resurslari nafaqat yaqin va odatish Yevropa, balki hatto okean ortida ham nafli va talabgir ekan.
Va albatta, Vashington siyosati mutlaqo xotirjamlik bilan Yevropadagi harbiy vahimani oshirish, uni Rossiya bilan energetika hamkorlik qilishdan qat’iyan voz kechish va o‘sha Rossiya resurslarini o‘z talabini qondirish uchun sotib olmaslikka chaqiriqlari bilan uyg‘unlashishi diqqatga molik fakt.
AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi ham sanksiyalar kiritish tahdidlari Yevropa ittifoqi uchun mazax qilish bo‘lib ko‘rinadi. Faqat ko‘r Amerika tashqi siyosati bir yoqlama ekanini ko‘rmasligini mumkin. Vashington o‘z manfaatlarini ta’minlash maqsadida Yevropadagi strategik hamkorlarining muqobil talablariga ahamiyat bermaslikka tayyor.
Amerika Brusselga Moskva bilan qanday munosabatlarni yo‘lga qo‘yig zarurligini aytib turadi deb ham aytishadi. Ammo so‘nggi yildagi voqealardan so‘ng, Germaniya gaz quvurini ishga turish masalasiga qarshi bo‘layotgani, Avstriya esa ochiqchasiga Rossiyaning hech qanday xatti-harakatlari Venaning gaz yetkazib beriladigan hissasidan voz kechmasligini ma’lum qilmoqda. Bularning bari g‘arblik do‘stlar orasida ko‘rsatilgan hamjihatlik yo‘qligini namoyon qiladi.
AQShning kichik bo‘lsa ham dizel yuki navbatdagi tomchi bo‘lishi mumkin va g‘arblik hamkorlarning shundoq ham unchalik yaxshi bo‘lmagan munosabatlariga zarar yetkazadi.