TOShKENT, 7 fev - Sputnik. “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIV Yo‘l harakati xavvfsizligi bo‘linmasi.
“Taxtaqoracha” dovonida avtomobil yo‘lini qordan tozalash ishlari olib borilib, ayni vaqtlarda dovon yo‘lida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi.
️Barcha haydovchilardan tezlik meyorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, to‘xtovsiz yoqqan qalin qor oqibatida yo‘l ustida muzlamalar paydo bo‘lgani tufayli, "Taxtaqoracha" dovoni 6-fevral kuni soat 16:00da to‘xtatilgan edi.