“Spark” ishlab chiqarishni to‘xtatish rejalashtirilmagan – “UzAuto Motors”

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 2022-yilda “Chevrolet Spark” avtomobili ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi O‘zbekistonda “Spark” avtomobili ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “General Motors” 2022-yil avgust oyida “Chevrolet Spark” avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ba’zi nashrlar bu xabarni O‘zbekistonda “Spark” ishlab chiqarish to‘xtatiladi deb noto‘g‘ri talqin qilgan.

“UzAuto Motors” kompaniyasi ushbu xabar O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish rejasiga taalluqli emasligini rasman ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonda “Tracker” ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Spark” ishlab chiqarishga ta’sir qilmaydi.