Rossiyalik figurali uchuvchilar Pekinda jamoaviy turnir g‘olibi bo‘ldi

Figurali uchish bo‘yicha Rossiya jamoasi, umumiy hisobda 74 ball to‘plab Pekin Olimpiadasining umumjamoaviy turnirida g‘olib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Rossiya jamoasi Pekin 2022 Qishki Olimpiada o‘iynlarining figurali uchish bo‘yicha jamoaviy musobaqada g‘olib chiqdi.
Mark Kondratuk (erkaklar o‘rtasida konkida uchish), Anastasiya Mishina va Aleksandr Gallyamov (juftlik uchish), Viktoriya Sinitsina va Nikita Katsalapov (muz raqsi), Kamila Valiyeva (ayollar o‘rtasida yakkaxon uchish) chempionlar bo‘ldi.
Dasturning yakuniy turida Valiyeva erkin konkida uchish uchun 178,92 ball oldi va birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni yaponiyalik Kaori Sakamoto (148,66), uchinchi o‘rinni kanadalik Madlen Skizas (132,04) egalladi.
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Jamoaviy turnir natijalariga ko‘ra rossiyaliklar 74 ochko jamg‘arishdi.
Kumush medallarni amerikalik Neytan Chen, Vinsent Chjou (yakkalik), Medison Xabbell/Zachary Donoghu, Medison Chalk/Evan Beyts (muz raqsi), Alexa Kniyerim/Brendon Freyzer (juftlik), Karen Chen (yakkalik) – AQSh jamoasi jami 65 ball qo‘lga kiritdi.
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Yaponiyalik Shoma Uno, Yuma Kagiyama (yakka konkida uchish), Misato Komatsubara/Tim Koleto (muz raqsi), Riku Miura/Ruichi Kixara (juftlik), Vakaba Xiguchi, Kaori Sakamoto (yakka konkida uchish) - Yaponi jami 63 ball.
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Rossiya terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa medallari reytingida ham oldinda bo‘ldi. Rossiyalik olimpiyachilar hisobida ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza bor. Norvegiyaliklar ikkinchi (ikkita oltin, bitta bronza), uchinchisi shvedlar (ikkita oltin).