Rossiyada eng ko‘p patent o‘zbekistonliklarga berilgan

O‘tgan yil Rossiyada 2,2 milliondan ziyod chet elliklar patent olishgan. Uni olish bo‘yicha o‘zbekistonliklar yetakchi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada ishlash huquqni beradigan patentlarning eng ko‘pini O‘zbekiston fuqarolari olishgan. Bu Rossiya IIV taqdim etgan hisobotdagi raqamlardan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida 2 221 826 ta mehnat patenti berilgan. Shundan 1 316 569 tasini O‘zbekiston fuqarolari olishgan.
Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (787 mingta), Ozarbayjon (qariyb 65 mingta), Ukraina (37 mingta) va Moldova (17 mingta) fuqarolari.
2021 yilda Rossiyada patent va ishlash uchun berilgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish ko‘paygan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan Moskva va Moskva viloyatida patent narxi 5 900 rublgacha qimmatlashdi.