Oqqo‘rg‘on va Qarshi tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani va Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yangi hokimlar ish boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Karimjonov 1980-yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. Mahalliy hokimlik tizimlarida, moliya va statistika sohalarida samarali mehnat qilgan.
Bu lavozimga qadar u Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga Behzod Yusupov yangi hokim etib tayinlandi. Uning nomzodi Xalq deputatlari Qarshi tuman kengashining navbatdagi sessiyasida qo‘llab-quvvatlangan.
Behzod Yusupov 1980-yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasi va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.U bunga qadar Qorako‘lchilik va pillachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi