Bu qiziq

Bir kunda nechta olma iste’mol qilish mumkin

Nutritsiolog Sapkina: olma saraton kasalligi kelib chiqishi xavfini kamaytiradi. Biroq uni meyordan ortiq iste’mol qilish zararli
Sputnik
Olma tarkibida ko‘plab vitaminlar va foydali moddalar mavjud. Biroq nutritsiolog Nadejda Sapkinaning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, ushbu mevani ko‘p yeyish organizmga zarar keltiradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, olma A, S, V1, V2, RR va E vitaminlari, magniy, fosfor, yod, temir, selen, kaliy, kalsiy va mis moddalariga boy. Meva saraton kasalligi kelib chiqish xavfini kamaytiradi, xotirani yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi va bo‘g‘imlar elastikligini yaxshilaydi.
Bundan tashqari, tarkibida V guruhi vitaminlari (riboflamin, tiamin, va vitamin V-6) tufayli nerv tizimi salomatligini oshiradi.
“Biroq ko‘p olma yeyish tish milklarini shikastlantirishi va kariyesga sabab bo‘lishi mumkin. Olma urug‘i tarkibida sianid ya’ni zahar bor. Shu sababli olma urug‘ini yeyish mumkin emas. Inson organizmi kam miqdordagi sianid moddasiga dosh berishi mumkin, biroq ko‘p miqdorda salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin”, - deydi shifokor.
Bir kunda ikkitadan ortiq olma iste’mol qilish mumkin emas. “Allergiyaga ta’sirchan insonlar va vaznini nazorat qiladiganlar yashil olma iste’mol qilganlari ma’qul”, - deydi Sapkina.

Mavzuga oid:

Ming bir dardga davo: do‘lananing foydali va xavfli xususiyatlari
Har kuni asal iste’mol qilinsa, organizmda nimalar sodir bo‘ladi?
Qon bosimini tushiruvchi eng yaxshi mahsulot ma’lum bo‘ldi
Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi?