Komiljon To‘xtayev Pekinda mashg‘ulotlar qanday o‘tayotganini ko‘rsatdi - video

Pekin 2022 Qishki olimpiadasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik yagona sportchi Komiljon To‘xtayev mashg‘ulotidan yorqin videolavha.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Komiljon To‘xtayev Pekinda mashg‘ulotlar qanday o‘tayotgani haqida videolavhani o‘z instagramida joylashtirdi.
"Xitoy tog‘larida mashg‘ulotlarning 4 kuni o‘tdi. 3kun davomida gigant slalomni to‘rtinchi kun slalomni mashq qildik. Fotoda - slalom. Videoda gigant slalom" - deb izoh qoldirgan sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan yagona sportchidir. U 2-fevral kuni Xitoyga yetib kelgan va mashg‘ulotlarni boshlagan edi. To‘xtayev 13-fevral kuni gigant slalom, 16-fevralda esa slalom dasturida musobaqalarda ishtirok etadi.
Pekin-2022 qishki Olimpiadasida 100 ta davlatdan 4 ming sportchi 7 ta qishki sport turlarining 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha 109 ta medallar jamlanmasi uchun kurashadilar.