TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Buxoro aeroportida kvadrokopter bilan qo‘lga olingan Rossiyalik bloger Maksim Limar uy qamog‘idan ozod qilindi, deb xabar qilmoqda Rosiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
"Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan uchuvchisiz aparatni olib chiqish vaqtida 2-fevral kuni Buxoro aeroportida ushlangan Rossiya fuqarosi M.V.Limar, uy qamog‘idan ozod qilindi va 9-fevral kuni Novosibirskka qaytishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston tomoniga ushbu masalani hal qilishga tezkorlik bilan yondashgani uchun minnatdorlik bildiramiz!", - deyilgan elchixona xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kuni Buxoro aeroportidan Novosibirskka uchib ketayotgan Rossiya fuqarosining qo‘l yukida kvadrokopter topilgani sababli, to‘xtatib qolingani ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng qurilmaning o‘lchamlari aniqlanguniga qadar fuqaro uy qamog‘iga joylashtirilgan edi.