TOShKENT, 7 fev - Sputnik. O‘zbekistonda salkam 70% aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu haqida "O‘zsuvta’minot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 69,7 %ni tashkil etmokda. Qolgan 30,3 % aholi muqobil suv manbalaridan foydalanadi. Jumladan, 9 % - maxsus suv tashuvchi transport vositalari orqali, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, so‘nggi 2-yil davomida O‘zbekistonda 988ta mahallaga ichimlik suvi o‘tkazildi va ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangan mahallalarning soni 3 829 tani tashkil qildi.. Bu 2020-yil 1-yanvar holatiga qaraganda 35 % ko‘p.
2021 yil davomida respublika aholi punktlarida 5,3 ming km ichimlik va 303,2 km oqova suv tarmoqlari tortilgan.Undan tashqari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha 352 ta mahallada 3 890,9 km ichimlik va 77,7 km oqova suv tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida 372,3 km ichimlik va 7,1 km oqova suv tarmoqlari qurilgan va ta’mirlangan.