Toshkentda 4ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

Olmazor tumanida 4ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Toshkentda 4ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun soat 13:00da Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida haydovchilar: 1. 1993-yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi "Mercedes Benz" rusumli yuk avtomobili; 2.1966 yilda tug‘ilgan R.G. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli; 3. 1989-yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli; 4. 1998-yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan "Hyundai Sonata" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
"Lacetti" rusumli avtomobilda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.