Toshkent metrosida poyezd ikki bekat orasida to‘xtab qoldi

Toshkent metropolitenida navbatdagi nosozlik kuzatildi.
Sputnik
Toshkent metropolitenida navbatdagi nosozlik kuzatildi. Poytaxt metropoliteni holat yuzasidan ma’lumot berdi.
5 fevral kuni soat 19:27da Toshkent metropolitenining "Xalqlar do‘stligi" va "Milliy bog‘" bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan 4-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan va poyezd harakatdan to‘xtadi.
Shu vaqt mashinist kerakli chora-tadbir qo‘llab, harakat tarkibi "Milliy bog‘" bekatiga olib kelingan va barcha yo‘lovchilar bekatga tushirildi. Ushbu poyezdga yordam ko‘rsatish maqsadida keyingi navbatda harakatlanayotgan poyezd ham yo‘lovchilarni "Milliy bog‘" bekatida qoldirgan va ta’mir uchun Chilonzor elektrodeposiga yo‘naltirildi.
"Texnik nosozlik sabab yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", – deyilgan axborotda.