TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqorcha dovoni soat 17:30dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bunga yo‘lning dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lgani sabab bo‘ldi.
Yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilmoqda.