TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Kattaqo‘rg‘on tumanida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi.
Bugun soat 10:10 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishida haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan M.Y. "Volvo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darildi.
Haydovchi M.Y.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
YTH yuzasidan tuman YHXB xodimlari surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.