Vitamin S yoki askorbin kislotasi O‘RVI dan himoya qilmaydi va uni kasallikni oldini olishda iste’mol qilish befoyda, deydi shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Masnikov “Rossiya 1” kanali efirlaridan birida.
Mutaxassisning aytishicha, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, S vitaminini preparat sifatida va oziq-ovqat tarkibida iste’mol qilish shamollashni keltirib chiqaradigan virusdan himoya qilmaydi.
Agar odam kasal bo‘lgan bo‘lsa, ko‘p miqdorda askorbin kislotasi preparati kasallik vaqtini bir necha kunlarga qisqartirishi mumkin, biroq, undan yaxshi samarani kutish kerak emas.
“Ya’ni preparatni kasal bo‘lgan kunlarda ikki-uch kun davomida iste’mol qilish mumkin. Ammo meyorida”, deydi shifokor.