Shomurodovning goli “Roma”ning yanvar oyidagi eng chiroyli goli deb topildi – video

O‘zbekistonlik hujumchi Italiya kubogi doirasidagi “Lechche”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol muallifiga aylangan edi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Italiyaning “Roma” futbol klubi yanvar oyidagi eng chiroyli gol muallifini aniqladi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Lechche” klubi darvozasiga urgan goli “bo‘rilarning” yanvar oyidagi eng chiroyli goli deb topilgan. Futbolchi Italiya kubogi 1/8 finali doirasidagi “Lechche”ga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda gol muallifiga aylanib, jamoasiga yirik hisobda g‘alaba qozonishga yordam bergan edi.
Yanvar oyining eng chiroyli goli bo‘lish uchun Lorenso Pellegrinning "Yuventus"ga, Temmi Abraxamning "Lechche"ga va Nikolo Zanioloning "Empoli" darvozasiga kiritgan gollari ham da’vogarlik qilgan edi.