Qurol va o‘q dorilarni O‘zbekistonga yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi – foto

Chegara postlarida pnevmatik to‘pponchalar, ov qurollari va pnevmatik o‘qlarning mamlakat noqonuniy olib kirishning oldi olindi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qurol-yaroq va o‘q dorilarni mamlakat yashirincha olib kirishga doir holatlar fosh qilindi, deb xabar qilmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.
Bojxonachilar Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida “Toyota Land Cruiser” haydovchisi E.A.ni to‘xtatishgan. Bojxona ko‘rigida mashina 1 dona pnevmatik to‘pponcha, 2 dona pnevmatik to‘pponcha uchun gaz balon hamda 310 dona pnevmatik o‘qlar borligi aniqlangan. Ular tegishli hujjatlar va og‘zaki so‘rovda ko‘rsatilmagan.
V Tashkente i Fergane zaderjani grajdane, pitavshiyesya tayno vvezti v stranu orujie i boyepripasi
Yana bir holat Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postida fosh etilgan. Fuqaro A.I. boshqaruvidagi mashina yukxonasidagi chang yutgich ichida 1 dona pnevmatik to‘pponcha hamda 243 dona pnevmatik to‘pponcha uchun mo‘ljallangan o‘qlar topilgan. Yo‘lovchi ularni bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmagan.
V Tashkente i Fergane zaderjani grajdane, pitavshiyesya tayno vvezti v stranu orujie i boyepripasi
Shuningdek, Farg‘ona aeroportida xorijdan uchib kelgan fuqaro D.J.ning yuklari orasida 2 dona 12 kalibrli ov qurollari aniqlangan. Ularning tegishli hujjatlari bo‘lmagan.
V Tashkente i Fergane zaderjani grajdane, pitavshiyesya tayno vvezti v stranu orujie i boyepripasi
Bu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.