F-35 qanday qilib AQSh HDKning “Carl Vinson” aviatashuvchisini ishdan chiqardi?

“Ko‘rinmas samoletlar” bilan bo‘lib o‘tayotgan doimiy mojarolar kundan kunga Pentagon noroziligini oshirmoqda - samolyotni ommaviy ishlab chiqarishga ruxsat berilmagan va jahon bozorida esa ehtimoliy xaridorlarning F-35ga bo‘lgan talabi kamaymoqda.
Sputnik
F-35 avlodining tovush tezligidan past tezlikda uchadigan, “tez sho‘ng‘iydigan” qiruvchi samolyoti Amerikaning XXI asrdagi eng muvaffaqiyatsiz loyihasi bo‘lib qolmoqda (umuman uchmaydigan AQSh gipertovushli raketalaridan hisobga olmaganda). U tovushdan yuqori tezlikda qulashi, havo to‘pi bilan o‘zini otishi va hattoki tayanch aviatashuvchilarini yaroqsiz holga keltirishga qodir.
Yanvar oyi oxirida Amerika F-35 Lightning II qiruvchi samolyoti Janubiy Xitoy dengizida AQSh Harbiy-dengiz kuchining (HDK) "Carl Vinson" aviatashuvchisiga qo‘nayotganda halokatga uchradi. Uchuvchi katapulta yordamida o‘zini qutqarib qolgan, narxi 80 million dollardan qimmat bo‘lgan samolyot esa dengiz tubiga g‘arq bo‘lgan (qidiruvlar esa muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi). Shu bilan birga, kema ekipajining yetti nafar a’zosi jarohatlangan va Filippindagi kasalxonaga evakuatsiya qilingan.
Mojaro shu bilan yakun topgani yo‘q. F-35S qiruvchi samolyoti "Carl Vinson" aviatashuvchisi ustki tuzilmasi bilan to‘qnashgandan so‘ng, navigatsiya va aloqa tizimlari shikastlangan, kema Janubiy Xitoy dengizida maqsadli vazifalarni bajara olmagan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan, nochorlikdan yirik nishonga aylangan: (korpus uzunligi - 331 metr, parvoz palubasi kengligi - 77 metr) – ekipaj bilan birgalikda (6000 dan ortiq dengizchilar), havo qanoti (90 ga yaqin samolyot va vertolot) va arsenal (3000 tonnadan ortiqo‘q dorilar) bilan birga shu jumladan 100 ta yadroviy zaradni ham hisoblaganda).
Bu AQSh HDK obro‘si va taktikasiga, eng ishonchli hisoblangan Amerika texnologiyasining afsonasiga yangi zarba bo‘ldi.
2021 yilning ikkinchi yarmida HDK “Carl Vinson” yadroviy aviatashuvchisi boshchiligidagi aviatashuvchi zarba berish guruhi (AZG) tarixda ilk bor mashg‘ulotlar chog‘ida F-35S palubali qiruvchi samolyoti hamda YeA-18G Growlers radioelektron jangovar samolyotlar va modernizatsiya qilingan uzoq radiolokatsion aniqlash va boshqarish samolyoti bo‘lgan (DRLO) E2-D Advanced Hawkeyes bilan integratsiyalashdi.
AQSh HDK qo‘mondonligi “ko‘rinmas samolyotlar” bilan REB va DRLO palubali samolyotlari bilan foydalanish “yashovchanlik” qobiliyatini oshiradi va AZG yaqinlashgunicha razvedka vositalarini yo‘q qiladi, aloqa va qiruvchilarni yo‘qotishga imkon beradi deya kutgan edi. Tinchlik davri realligi bunday rejalarni keskin tuzatib qo‘ydi.
Atom aviatashuvchi o‘z orderidagi kemalar bilan birgalikda faqatgina “banan” respublikalarga qarshi ishonchli kurash vositasi bo‘lib qolmoqda, xolos va ular zamonaviy dengiz operatsiyalarida juda zaif. “Ko‘rinmas samolyotlar” yaxshi uchmaydi va tez qulaydi.
2022 yilning 4-yanvarida Janubiy Koreya HHK qiruvchi samolyoti shassi moslamasi ishlamay qolgani uchun favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. 17-noyabr kuni Britaniya harbiy-dengiz flotining aviatshuvchisi HMS Queen Elizabeth aviaqanoti tarkibidagi F-35V qiruvchi samolyoti O‘rta yer dengiziga qulab tushdi.
Dekabr oyida Xokkaydoda Yaponiya mudofaa kuchlarining F-35A samolyoti favqulodda uchish-qo‘nish yo‘lagiga qulab tushdi. Avvalroq Yaponiyaning F-35Asi Sharqiy Xitoy dengiz usti radarlaridan g‘oyib bo‘lgan edi.
Ushbu “ko‘rinmas samolyotlar” bilan muntazam sodir bo‘layotgan mojarolar Pentagon noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Chunki samolyot ommaviy ishlab chiqarilishga ruxsat etilmagan va jahon bozorida F-35 ning ehtimoliy xaridorlarining talabini tushirib yuborapti. Masalan, Gretsiya endi bir dona “ko‘rinmas samolyot” uchun 80 million dollar to‘lashga rozi emas. BAA F-35ni sotib olishni muzlatib qo‘ydi va dekabrda 80 ta Rafale fransuz qiruvchi samoletlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Zanglagan xomxayollar

AQSh F-35ning maxfiy texnologiyasi, jumladan, yashirin qoplamasi Xitoyga o‘tib ketishidan qo‘rqadi. Qo‘shma Shtatlarning tashvishlanishiga ko‘ra, Xitoy samolyotlarni dengiz tubidan topib olib, maxfiy texnologiyalarini o‘z ishlanmalarida qo‘llashi mumkin. Fikrimizcha, amerikaliklar aslida qo‘rqish kerak bo‘lmagan narsalandan tashvishga tushishgan. Keyingi safar “Chaqmoq” samolyoti kema palubasiga bexosdan V61-12 termoyadro bombasini “tashlab yuborishi” mumkin.
Bundan ham yomoni, “USS Carl Vinson”ning ustki sozlamalariga G‘arbiy OAVlar tomonidan “aviatashuvchilar qotili” deya tariflangan Xitoyning 21D Dongfeng qanotli raketasi (1000 km uzoqlikda uchish xususiyatiga ega) hujum qilishi mumkin. Rossiyaning gipertovushli “Sirkon”i ham kiymati 1,4 milliard dollarlik samolyotni dengiz tubiga ravona qilishga qodir.
F-35ning maxsus yashirin qoplamasi qulasa, dengiz suvi ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Avvalroq “Carl Vinson” “ko‘rinmas samoletlar” palubasini dengizning nam havosi tufayli zang qoplagan va bu amerikalik uchuvchilarining jiddiy xavotirlariga sabab bo‘lgan edi. Planerlardagi zang endi samolyotning maxfiy emasligiga dalil bo‘ladi. Shuningdek, korroziya samolyot konstruksiyasining ichki tizimlarini ham ishdan chiqaradi.
“Military Watch” nashri shunday ta’kidlaydi: “F-35 qiruvchi samolyotlari ko‘p yillik takomillashtirilgandan so‘ng 2019-yilda foydalanishga topshirilgan va hanuzgacha 800 dan ortiq texnik muammolarga ega, imkoniyatlari cheklangan. Samolyotlar o‘rta va yuqori intensivlikdagi janglarda yashovchan emas. Mana sizga haqiqiy “yashovchanlik”.
Ma’lum bo‘lishicha, NATOning Cold Response2022 ning mart oyida Norvegiya va Norvegiya dengizi akvatoriyasida mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Mashg‘ulot ikkita AZG (Amerika USS Harry S.Trumani, Britaniya HMS Prince of Wales va kuzatuv kemalari) hamda (B-B1 Lancer) ko‘p sonli palubali va strategik aviatsiyalarni jalb qilgan holda o‘tkaziladi.
Yodimizda: Norvegiya dengizlarida o‘tkazilgan alyansning bunday TridentJuncture2018 mashg‘ulotlari AQSh HDK Harry S.Truman atom aviatashuvchisi uchun sharmandalik bilan yakunlangan edi. Qo‘shin bo‘ron va palubaning muzlab qolgani tufayli birorta ham samolyotini osmonga ko‘tara olmagan edi. Rahmsiz Shimol Amerika dengiz piyodalariga desant qilib tushiriliga ham imkon qoldirmagan edi. “Garri Trumen” boshchiligidagi aviatashuvchi zarba guruhi mashg‘ulotlar hududini muddatidan oldin tark etishga majbur bo‘lgan.
O‘ylashimcha, mart oyidagi Cold Responce2022 mashg‘ulotlarida ham F-35 “uchar kompyuterlar”i palubada muzlab qoladi. Va bu yana bir bor Amerikaning bema’ni tashqi siyosati va yuqori texnologiyali qurollar borasida anchayin ortda qolayotganini isbotlaydi.
“Ko‘rinmas samolyotlar”ning juda qimmat turuvchi modernizatsiyaga qaramay, G‘arbda F-35 Lightning II ning jahon qiruvchi samolyotlari orasida kelajakda hukmron bo‘lishi kabi mish-mishlar juda bo‘rttirilib ko‘rsatiladi.
“Chaqmoqlar” faqat osmondagi narxlarining noyob nisbati va texnik tayyorgarligining pastligi uchun mashhurlikka “sazovor bo‘lgan”. Bejizga amerikalik mutaxassislar F-35ni “eng sifatsiz samolyotlar beshtaligi” kiritmagan. Va Kongressning dekabr oyida AQSh HDKning F-35 hajmini qonun bilan cheklab qo‘ygani ham bekorga emas.

Mavzuga oid:

NATO uchuvchilari Rossiya samolyotlari bilan uchrashuvdan keyin psixologlar qabuliga bormoqda
Rossiyaning NUJga qiyoslangan aviatashuvchilar kushandasi
O‘rta yer dengizidagi katta muvaffaqiyatsizlik: AQSh F-35 qiruvchisi qulab tushdi
AQShning "milliy fojiasi": F-35 eng sifatsiz samolyotlaridan biri deb topildi