Toshkentga 20ta yangi elektroavtobus, shuningdek, ular uchun 10ta quvvatlash uskunasi olib kelindi.
Toshkentda avtobuslarning 35 foizini almashtirishni rejalashtirilmoqda –shahar hokimiyati bu maqsadni amalga oshirish uchun 410ta avtobus va elektrobus xarid qilmoqchi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni poytaxt jamoat transportini rivojlantirish loyihalari bilan shaxsan tanishdi. Ma’lumki, konsepsiya mualliflari Rossiya tajribasini ham hisobga olgan.
CoMet xalqaro assotsiatsiyasi (dunyodagi eng yirik metropolitenlar uyushmasi - Sputnik) hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya metrosi dunyoning eng yaxshi birinchi uchligiga kiritildi. McKinsey reytingiga ko‘ra, dunyoning 25 megapolislari orasida Moskva transport tizimining sifati bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi barqaror o‘sib borayotgani sababli, Moskva tajribasidan foydalanish mantiqan to‘g‘ri keladi. Agar bir necha yil avval Toshkent metropolitenida kuniga yo‘lovchilar soni 250 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 420 ming nafarga yetdi.
O‘zbekiston va Rossiya metropolitenni rivojlantirish yo‘nalishida bir yildan ortiq hamkorlik qilib kelmoqda – 2019-2021 yillarda respublika Rossiya korxonasidan 60ta vagon sotib oldi, shu jumladan VEB RF va Rossiya eksport markazi kreditlari hisobidan. Joriy yilda Toshkent yana 56ta yangi vagon xarid qilmoqchi.
Bunday tanlovning sababi bor, deb hisoblaydi Oliy Iqtisodiyot maktabi transport iqtisodiyoti va transport siyosati instituti ilmiy xodimi Aleksandr Rijkov.
Uning fikricha, Rossiya vagonlari texnik talablari bo‘yicha Toshkent metropoliteniga juda mos keladi. O‘zbekiston va Rossiya metrosi SSSR davrida, ya’ni yagona standart bo‘yicha qurilgan, deb tushuntiradi ekspert. Shu bois Rossiya mahsulotlari Toshkent metrosiga boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan poyezdlarga qaraganda yaxshiroq mos keladi.
Toshkent transport tizimi qanday rivojlanabi, tramvaylarni qaytarish kerakmi?
Aleksandr Rijkov bilan intervyuning to‘liq versiyasi Sputnik O‘zbekiston YouTube-kanalida>>