Tolibon*ning o‘zbek qo‘mondoni Salohiddin Ayyubiy Paktiya viloyatidagi 203-“Mansuriy” armiya korpusiga rahbar etib tayinlandi.
Tolibon* mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, u Kari Muhammad Ayyub o‘rniga qo‘mondon etib tayinlandi.
Bundan avval Ayyubiy Afg‘onistonning shimoliy hududlarida qo‘mondon bo‘lgan. Aynan uning otradi Shibargan shahridagi marshal Do‘stumning saroyini egallab olgan. Salohiddin Ayyubiy o‘tgan yil sentabr oyida ushbu saroyda turk OAVsiga intervyu bergan.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida