TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi "Promomed Rus" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi dori "Esperavir"ni ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Davlat ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi: 03.02.2022, savdo nomi: Esperavir, xalqaro patentlanmagan nomi: molnupiravir", — deyilgan Rossiya dori vositalari rasmiy ro‘yxatida.
Yangi dori kapsula ko‘rinishida, 200 va 400 milligramm shaklda ishlab chiqariladi
"Promomed" kompaniyasi bosh direktori Petr Beliy aytishiga ko‘ra, "Esperavir" koronavirusga chalingan kishining ahvoli yomonlashib ketishini oldini oladi.
"Aynan shunday molekula asosida tayyorlangan dori vositalari Amerika, Yaponiya va Yevropada foydalanilmoqda. Bizning fuqarolarimizda ham eng zamonaviy davolash uslublaridan imkon qadar ertaroq foydalanish imkoni bo‘lishi kerak", - dedi Beliy.
Shtkazilgan tibbiy ekspertizalarda, "Esperavir" davolashning beshinchi kunidayoq virusning to‘liq eliminatsiyasi (o‘limi) kuzatilgan, 40% bemorlar esa to‘liq tuzalib ketgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi aytishiga ko‘ra, Rossiya shifokorlarida koronavirusni davolashda ilk bor tanlov paydo bo‘ldi — favipiravir yoki molnupiravir. Ikkala molekula ham bevosita virusga ta’sir qiladi, lekin uning ko‘payishini turlicha bostiradi. Shifokor bemorning mavjud kasalliklariga qarab turli davolash uslubini tanlashi mmkin bo‘ladi.
Yangi preparat Rossiyaning 16ta tibbiyot muassasalarida sinovdan o‘tgan. "Esperavir" 7 kundan so‘ng Saranskdagi "Bioximik" zavodida 24soat to‘xtovsiz ishlab chiqarila boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda "Promomed" "Areplivir" (xalqaro nomi "Favipiravir") ishlab chiqara boshlagan edi.