Bugun Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari ayiq Zuzuni hammani oldida ovqatlantirishga qaror qilishdi.
Ishchilar unga meva-sabzavotli assorti berishdi. Mehmonlar bu jarayoni tomosha qilishdi.
“Birinchi bo‘lib uzum paqqos tushirildi (u uzumni juda yaxshi ko‘radi), keyin esa barra sabzavotlar” – deyilgan bog‘ matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, bunday tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib turiladi.