TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutimoqda. Harorat foni ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Bugun kunduz kuni havo 12-14 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 16-18 daraja iliqgacha isiydi.
Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 20-22 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi barcha hududlarni qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqgacha, shimolda 0-5 daraja iliqgacha pasayadi.
4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
4 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida
18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.