“U odamdan yomonlik ko‘rmagan”: Zuzu laqabli ayiq haqida

Ayrim internet foydalanuvchilari Zuzu laqabli ayiq ochiq tabiatga qo‘yib yuborish taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Zuzu laqabli ayiqni ochiq tabiatga qo‘yib yuborish so‘rashgandi.
Bu masala yuzasidan Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati munosabat bildirdi.
“Zuzu yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishga tayyor emas. Birinchidan, Zuzu Kavkaz qo‘ng‘ir ayiqlarining kenja turi bo‘lib, tegishli ravishda Kavkazda yashaydi — O‘zbekiston hududida esa oq panjali ayiq yashaydi. Ikkinchidan, Zuzu Boku hayvonot bog‘ida kelib tushgan, u yerdan esa juda kichikligida bizga olib kelingan, odamlar tomonidan boqib, tarbiyalangan”, – deydi Toshkent hayvonot bog‘i ilmiy xodimi Feruza Mirsolixova.
Boku hayvonot bog‘i direktori Azer Huseynov ham o‘z fikrini bildirdi.
“Menimcha, kiperlaridan ko‘rgan g‘amxo‘rlik va mehr unga yirtqichlarga xos fazilatlarni namoyon qilishga imkon bermadi. U odamdan yomonlik ko‘rmagan, shuning uchun bo‘lsa kerak, bolaga yomonlik qilmagan. Xudoga shukurki, bu dahshatli voqea ibtidosi xayrli bo‘ldi”, - dedi mutaxassis.
28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida mudhish hodisa yuz bergandi.
Yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirib qizaloqni chiqarib olishgan.
Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi.
Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.
Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan qizchaning ahvoli yaxshi. U shifoxonada intensiv terapiya xonasiga o‘tkazilgan.