Toshkentdagi masjidda o‘g‘rilik: gumonlanuvchi 3 kunda qo‘lga olindi

Masjiddan o‘g‘rilik sodir etganlikda gumonlanuvchi uch kun ichida qo‘lga olindi
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Masjiddan o‘g‘rilik sodir etganlikda gumonlanuvchi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Chilonzor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 28-yanvar kuni taxminan soat 12.00 da noma’lum shaxs masjidda bo‘lganidan 18 yoshli Bahromjon T.ga tegishli bo‘lgan kurtkaning cho‘ntagidan 1 200 dollar va 2.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“o‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 23 yoshli Iqboljon K. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.