Moskva dunyoning eng obod megapolislari uchligiga kirdi

Moskvani hayot sifati va infratuzilmaning rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi megapolis deb tan olindi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Hayot sifati va farovonlik indeksi bo‘yicha Moskva dunyoda yetakchi bo‘ldi. Bu haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Shahar farovonligi indeksi" tadqiqoti natijalaridan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Moskva dunyodagi eng obod va faravon megapolislar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Eng obod megapolislar o‘ntaligiga shuningdek, Sidney, London, Parij, Madrid, Shanxay, Gonkong va Nyu-York ham kiradi.
Devushki u fontana v jarkiy den v parke iskusstv "Muzeon" v Moskve
Ikki yo‘nalish bo‘yicha Moskva dunyodagi eng rivojlangan shahar deb topilgan:
"Infratuzilmani rivojlantirish" - uy-joy, ijtimoiy, AKT, transport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro transport oqimlari va shahar hududidan samarali foydalanish.
"Hayot sifati" - sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va texnologiya, madaniyat va dam olish infratuzilmasi rivojlanishi hamda jamoat joylarida xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha.
"BMT-Habitat" va Eure tadqiqot markazi ekspertlari dunyoning 50 ta eng yirik megapolislarida iqtisodiy samaradorlik, infratuzilmani rivojlantirish; hayot sifati; tenglik va ijtimoiy inklyuziya; ekologik barqarorlik; boshqaruv va qonunchilik, jamoat xavfsizligi kabi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholadilar.
Na stansii "Kiyevskaya" Filevskoy linii metro v Moskve
Reyting tuzishda mutaxassislar dunyoning 50 ta eng yirik shaharlari faoliyatini tahlil qilib, yakuniy reytingga 29 ta megapolis kiritildi (alifbo tartibida): Bangkok, Bogota, Buenos-Ayres, Gonkong, Dar-es-Salam, Dehli, Jakarta, Lagos, Lima, London, Madrid, Mexiko, Moskva, Nayrobi, Nyu-York, Osaka, Parij, Pekin, Santago, San-Paulu, Seul, Sidney, Singapur, Tokio, Toronto, Xoshimin, Shanxay, Uxan va Ar-Riyod.
Habitat izlanishlari 1978-yildan buyon shaharlarning barqaror rivojlanishi uchun global sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining dasturi.
Tretye transportnoe kolso Moskvi