Erkinjon Turdimov tanqidiy material yozganlar rag‘batlantirilishini aytdi - video

Samarqand viloyati hokimi: 15-fevraldan boshlab blogerlar, jurnalistlar, jamoatchilik — kimki "negativka" olib kelsa, pul oladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 2-fevral kuni viloyatdagi kushxonalar va qassoblar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda tanqid qilgan jurnalist, bloger va jamoatchilik faollari rag‘batlantirilishini aytdi, deb xabar qildi "Zarnews" nashri.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, 15-fevraldan boshlab blogerlar, jurnalistlar, jamoatchilik — kim "negativka" olib kelsa, mukofotlanadi.
“Men o‘zim alohida pul topib beraman. Kim olib kelishini farqi yo‘q, ko‘chadagi odam bo‘lsayam mayli. Rasmga olingan bo‘lsa, tasdiqlangan bo‘lsa bo‘ldi”, - deydi Turdimov.
U kattaroq material bo‘lsa ko‘proq, kichikroq material bo‘lsa kamroq pul berilishini ta’kidladi.

“Chunki xalqning salomatligi bu. Jurnalistlar kamchiliklar haqida yaxshi ko‘rsatuv qilib kelsa, masalan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan odam go‘sht sotayotgan bo‘lsa, SESning o‘sha vakili ishdan ketadi. Javobgarlikka torttiraman, hech baloni qo‘ymayman. Qassobning o‘zini sharmandasini chiqaraman. Sudga berib, bir yilga qassobchilik qilish huquqidan mahrum qilaman. Qani bittasi o‘sha joyga shtampni ursin butun dunyoga sharmanda qildiraman”, — deya va’da berdi Samarqand viloyati hokimi.

Ta’kidlanishicha, shu kabi jamoat ishlarida faol ishtirok etganlar budjetdan rag‘batlantiriladi.
"Buni qanday qilamiz? Masalan, mahalla raisi, ‘uchastkovoy’ budjetdan oylik oladi, to‘g‘rimi? Hokim yordamchisi, veterinary, vet-laboratoriya ham budjetdan oylik oladimi? Jarima! Oyligidan 30-40 foiz jarima qilish mumkinmi? Hammasining jarimasi budjetga tushadi va ‘ekonom’ bo‘lib qoladi. O‘sha summadan ularga mukofot puli yozib beramiz", — deya xulosa qildi Turdimov.

Mavzuga oid:

Samarqand viloyati hokimi deputatlarga 50 mln so‘mdan pul ajratishni taklif qildi
Shuhrat Abdurahmonov: piyoda yurishni targ‘ib qilgan rahbarlarni Dubayga jo‘nataman
Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m beramiz - Farg‘ona viloyati hokimi