Birinchi martdan “Yashil yillik” boshlanadi – prezident

Shavkat Mirziyoyev bahorda 125 million tup ko‘chat ekish vazifasini qo‘ydi. Tadbirga barcha hokimliklar, ekoqo‘mita, IIV va Milliyo gvardiya ham jalb qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev – Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan boshlab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi xabar qilindi prezident huzurida 2-fevral kuni bo‘lib o‘tgan “Yashil makon” umumilliy loyihasiga bag‘ishlangan majlisda.
“Umuman, 1-martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi <…> Bu tadbirlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi, har bir tuman va shahar, mahalla, ko‘cha, davlat tashkilotlari, oliygohlar, maktablar, korxonalargacha kirib borishi zarur", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbir doirasida har bir muassasaning o‘z vazifasi bo‘ladi, xususan:
Hokimliklar - daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish, zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha tizim yaratishi;
Hisob palatasi - haqiqiy ekilgan ko‘chatlar va ularni parvarish qilishni tizimini nazorat qilib borish;
Ekoqo‘mita, IIV, Milliy gvardiya va viloyat hokimlari - mobil ekopatrullar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Viloyat hokimlari va tegishli idoralar - auksionda sotuvda turgan 35 mingta yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazib, ulardagi ko‘p yillik va qimmatbaho daraxtlar reyestrini shakllantirish vazifalari qo‘yildi.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" loyihasi bir yillik tadbir emasligini ta’kidlab, ushbu borada ustuvor vazifalarni belgilab berdi:
bahorda 125 mln ko‘chat ekish;
har bir hududning iqlimiga mos ko‘chatlarni yetarli miqdorda yetishtirish uchun ko‘chatxonalarni ko‘paytirish;
“daftarlar”ga kirgan, ko‘chat ekish bo‘yicha tajribasi bor aholiga ko‘chatxonalar tashkil etish va zarur texnika, sifatli nihollar va urug‘lar xarid qilish, ko‘chatlar yetishtirish uchun subsidiyalar ajratish;
ko‘chatlarni yetkazib berishda ochiq-oshkoralikni ta’minlagan holda, ularning narxi asossiz oshib ketmasligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish;
xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘llarning chetlariga 1,5 million dona daraxtdan ixotazorlar tashkil etish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi 2021-yilning noyabr oyida boshlangan edi. Uning doirasida respublika hududida 200 millionta daraxt ko‘chatini ekish rejalashtirilgan edi.Kuzada e’lon qilingan “dolzarb 40 kunlik” doirasida 85 million dona daraxt ko‘chatlari ekildi.