Yomg‘ir, kuchli shamol va chang to‘zon: O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi

O‘zbekiston ayrim hududlarida kuchli shamol va chang to‘zon kuzatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi axborotiga ko‘ra, 4-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
4 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6-fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.