Bu qiziq

Qanday qilib tahlillarsiz V12 vitamini tanqisligini aniqlash mumkin?

Nutritsiologning fikricha, ko‘pchilik V12 vitamini yetishmasligiga befarq, biroq u nerv to‘qimalari uchun juda zarur.
Sputnik
Nutritsiolog Anastasiya Gavrikova RIA Novostiga V12 vitamini tanqisligini shifokor ko‘rigi va tahlillarsiz aniqlash haqida so‘zlab berdi.
Shifokorning ta’kidlashicha, sariq teri va tez charchash - ushbu zarur vitamin yetishmasligining belgisidir.
Gavrikovaning ta’kidlashicha, ko‘pchilik V12 vitamini yetishmasligiga befarq munosabatda bo‘ladi. Biroq, ushbu vitamin nerv hujayralari salomatligida juda zarur. Shuningdek, u nerv ispulsi funksiyasi yaxshilanishi hamda oshqozon-ichak trakti faoliyatini meyorlashtirish uchun kerak. V12 vitamini homilador ayollarda yetarli miqdorda bo‘lishi lozim. Chunki u bolada nevrologik kasalliklar kelib chiqishini oldini oladi.
Vitamin yetishmasligini ko‘p belgilar orqali aniqlasa bo‘ladi. Birinchi navbatda - teri rangi. V12 vitamini tanqis bo‘lgan insonlarda teri rangpar bo‘lib, sarg‘ish tusda bo‘ladi.
“Muntazam lohaslik va tez charchoq - vitamin yetishmasligining asosiy belgilari. Kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi, xotira bilan muammolar, tilning yallig‘lanishi, tilda ta’m bilish qobiliyatining buzilishi – V12 tanqisligining yana bir ko‘rinishidir”, - deydi shifokor.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, jigar, jo‘ja, balik go‘shti, tuxum va dengiz mahsulotlari V12 vitamining asosiy manbaidir.