Prezidentga yangi maslahatchi tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentga maslahatchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Muzaffar Komilov prezident Shavkat Mirziyoyevning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Komilov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimini saqlab qoladi.
Muzaffar Komilov 2018-yil aprel oyidan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Minovarov Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.