O‘zbekistondan 44 ming $ni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

44 ming $ni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Andijon viloyatida “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali chiqib ketayotgan fuqaro X.J boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Natijada fuqaroning avtomobilida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, ruxsat etilgan meyordan tashqari yana 44 ming dollarni olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh etildi.
Curishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.