O‘zbekistonda o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

Respublikada o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.
Avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi.
Ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan avia hamda poyezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi.
“Omikron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi.