TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchi Komiljon To‘xtayev mamlakat delegatsiyasi joylashgan Pekinning Yansin tumaniga yetib bordi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
“Avvalambor meni qo‘llab turgan davlatimiz va barcha hamurtlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Kayfiyat a’lo. Endi havoga moslashib olib, mashg‘ulotlarni boshlayman”, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi bo‘yicha mamlakat sharafini himoya qiladi. U 13-fevral kuni gigant slalom, 16-fevralda esa slalom dasturida o‘z chiqishini namoyish etadi.