Arzon chiptali parvozlarda bagaj miqdori oshirildi

Uzbekistan Airways arzon chiptali parvozlarning bagaj miqdorini oshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. "Uzbekistan Airways" AJ 1-fevraldan boshlab Uzbekistan Airways Express’ning “to‘liq ekonom” formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 23 kg/158 sm gacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qat’iy nazar) oshirdi.
Avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kg/158 sm edi. Bu qatnovlarda qo‘l yuki normasi o‘zgarmaydi – 5 kg/115 sm gacha qoladi.