Toshkent IIBB xodimlari elektroshoker bilan qurollanishmoqda

Poytaxtda IIBB xodimlari faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan elektoshoker qo‘llashni boshlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadida elektroshoker bilan ta’minlanishmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i asosida aksariyat xodimlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirilgan.
Qayd etilishicha, elektroshoker organlari xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan yoki unga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekistonning “Qurol to‘g‘risida”gi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq maxsus vositalar, shu jumladan, elektroshoker qurilmalaridan foydalanish huquqiga egadirlar.