Tojik-qirg‘iz chegarasi: otishma natijasida 133 ming $ zarar yetkazildi

Chegaradagi otishma natijasida yetkazilgan zarar 133 ming $ga baholandi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Chegaradagi otishma natijasida yetkazilgan zarar 133 ming $ga baholandi.
Qurolli to‘qnashuvlarda Tojikistonning Chorkuh va Surx qishloqlariga 1,5 million somoniy (deyarli 133 ming $) miqdorida moddiy zarar yetkazildi. Bu haqda Isfara shahar hokimligi matbuot xizmati SputnikTjga xabar berdi.
Maxsus komissiya hisob-kitobiga ko‘ra, 27-yanvar kuni otishma oqibatida 52ta shikastlandi, 4ta bino – oshxona, novvoyxona, do‘kon va sport zal vayron bo‘ldi. Bu binolarda 243 kishi yashagan.