TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya shaharlaridan Xo‘jandga uchgan 2ta samolyot Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Moskva va Yekaterinburgdan “Uralavia” (78 yo‘lovchi) va S7 (187 yo‘lovchi) aviakompaniyalariga qarashli samolyotlar O‘zbekiston aeroportiga yo‘naltirildi, deb xabar qildi RIA Novosti Uzbekistan airports AJga asosan.
Bugun Xo‘jandni quyuq tuman qopladi. Hozir havo kemalari marshrutni davom ettirish uchun qulay ob-havo sharoitini kutmoqda.