Rossiya bilan kurashda G‘arb qayergacha borishi mumkin

Rossiya ham SSSR kabi doimiy G‘arb sanksiyalari rejimida kun ko‘rmoqda. Aslida, deyarli 100-yil oldin kiritilgan sanksiyalar asosan ularni kiritganlarga zarar yetkazdi.
Sputnik
Kollektiv G‘arbning siyosiy tuzumi Rossiyani sanksiyalar bilan qo‘rqitmoqda: "jahannam", "oligarxlarga qarshi", banklar va moliyaviy tizimga qarshi va hokazo. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Truss aytganidek, "aktivlar va mulkni musodara qilishgacha" tahdid qilinmoqda, lekin hozircha bu shunchaki og‘izaki po‘pisalardan nariga o‘tgani yo‘q, garchi keng ommaga uzatilayotgan bo‘lsa ham.
Bizga qarshi asab urushi olib borilayotgan bir paytda, Albion va Brusselda o‘tirgan yevropalik “boshlovchilar” Bulgakovning mashhur Stopa Lixodeyevidek telegramma jo‘natishmoqda.
Ularda bizni og‘ir qiynoqlar va yaqinlashib kelayotgan "iqtisodning qulashi" bilan ogohlantirishmoqda. Ha bizni oldin han “tilka-pora bo‘lgan iqtisod” bilan qo‘rqitishgan edi.
Ilgari “xalqaro munosabatlar” deb atalgan narsaga bugun yo “arzon tomoshaga” aylangan. Ular tarixni yaxshi bilmaydigan Yevropa diplomatiyasi rahbarini sahnaga chiqarib “Rossiya – demokratiya dushmani”ni deyishmoqda.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi cheklash vintlarini biroz qattiqroq burashni niyatini e’lon qilib, bizlardan o‘z aybimizni tan olishni talab qilmoqda. Ya’ni biz insoniyatning eng ilg‘or qatlami, ozodlik va demokratiya tarafdorlari bo‘lgan o‘sha “oltin milliard” oldida iqror bo‘lishimiz kerak.
Bunday jazavani, bizningcha, bir chetda, hech kim ko‘rmaydigan joyda namoyish qilish kerak. Chunki bunday holat har doir unga chalingan kishi/tomonning faktlari yo‘q, o‘zi nohaqligining belgisidir.
Barcha ayblarni Rossiyaga to‘nkash siyosatiga – Yevropaning yuvosh matbuoti ham sababchi bo‘ldi deyish mumkin. Bu narsa bugun paydo bo‘lgani yo‘q, bunga kamida 15-yil bo‘lgan.
Qit’ada sodir bo‘layotgan barcha yomon voqealar uchun Moskva aybdor yoki javobgar bo‘lishi va barcha yaxshi voqealar esa Yevropa Ittifoqi yoki NATO yoki ularning dueti ishtirokida amalga oshirilayotgani uslubidagi siyosat 2000-yillarda boshlangan edi. U vaqtlar bu siyosat bunchalik yaqqol emasdi, o‘shanda barchasi biror bahona, ortga chekinishlar orqali amalga oshirilar edi.O‘tgan yillar davomida rusofoblar ovozlari kuchaydi, ularni moliyalashtirish va siyosiy qo‘llab-quvvatlash kuchaydi. Rossiya o‘z siyosiy nuqtayi nazarini ochiq-oydin ayta boshlaganidan so‘ng rusofoblar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumga o‘tdi. Nafaqat davlatning o‘ziga, balkim bu yerda yashayogan kishilarga ham nishonli zarbalar berila boshladi.
Har doim, Rossiya odamlarni himoya qilish niyatida ekanligini bildirganida (ha, biz birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lganlarni himoya qilamiz, xarajatlar keyn), uni “tajovuzkorlik”da ayblashdi.
Har safar Rossiya madadga muhtoj kishilarni o‘z qanoti ostiga olmoqchi bo‘lganda, unga qarata eng iflos tuhmat toshlari yog‘ardi. 2008-yilda Janubiy Osetiyada shunday bo‘lgan, Qrim bilan ham shunday bo‘lgan.
Ko‘p yillar davomida Rossiya yevropaliklar ongida qandaydir “yovuz”ga aylantirildi. Ular, buning uchun barcha vositalardan foydalanishdan xijolat tortmadi.
Britaniyada “zaharlanish” bilan bog‘liq shubhali voqeada "Rossiya izi" ni qidirish. Chexiyadagi harbiy omborlarda portlashlar sodir bo‘lganda ham, buni “Ruslar qilgan” deb e’lonq qilishdi. Fransiya Alp tog‘larida "razvedka bazalari" mavjudligi haqida g‘iybatda ham "Moskvaning qilmishlari" haqida gapirildi.
Xullas, bizning mamlakatimizni oylar va yillar davomida barcha og‘ir gunohlarda ayblashdi.
Yevropa ommaviy axborot vositalari uyalmasdan "Rossiyani tuhmatda, yolg‘onchilikda va nifoq chiqarishda" ayblashdi va psixologiyadagi prognozlar hali bekor qilinmaganini unutdi.
Faqat ular bir narsani unutib qo‘yishdi – psixiologiyada “proyeksiya” degan tushuncha bor. Unda inson o‘z aybini, ichki himoya tuyg‘usi tufayli, birovning aybi deb hisoblaydi.
Darhaqiqat, aslida aynan Yevropa OAVlari har kuni Rossiya ustidan yolg‘on, tuhmat va dezinformatsiya yog‘dirishgan edi.
Ha aytmoqchi, Yevropa tarixida bularning barchasi allaqachon sodir bo‘lgan. 90-yil oldin Germaniyada milliy sotsialistlar hokimiyat tepasiga kelganida, barcha muammolarda faqat yahudiylar aybdor deb e’lon qilishgan edi. Ularga nisbatan nafrat uyg‘otish mexanizma ham o‘sha-o‘sha.
Hammasi Gebbels aytganidek: kimdir doim haq va to‘g‘ri, ular rivojlanish tomon boradi. Boshqalar esa – yomonlar, jamiyatni ortga tortadiganlar. Kimdir erkinlik va demokratiya uchun – boshqalar esa “diktatura va avtoritarizm”ni yoqlaydi.
Bugungi Yevropa nutqida detallar, tafsilotlar va nyuanslar kerak emas, chunki ular doimiy rusofobiya olib borishga xalal beradi, shuni uchun ular axlatxonaga uloqtirilgan.
Ksenofobiyaning zaharli gazlari ma’lum meyoriga yetganidan so‘ng, uni boshqarayotgan kishilar fikriga ko‘ra, uning navbatdagi bosqichi boshlanadi. Bu vaqtda dunyoning – madaniyatli, rivojlangan ekani haqida go‘yoki hamma unutib qo‘ygandek.
Oxiri hammasi Moskva aytganidek bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi o‘zining siyosiy o‘yinlari va ig‘volari, “Rossiyaga eneregetik tobeligi” haqidagi afsonalari oqibatida gaz uchun osmon narx to‘laydigan bo‘ldi.
Moskva, bir davlatning ichki ishlariga har qanday tashqi aralashish, ular qanchalik yaxshi niyatlarda amalga oshirilmasin – oxir oqibat ham harbiy ham insoniy falokat bilan tugaydi, qit’aga beqarorlik olib keladi degan edi. Oxiri shunday ham bo‘ldi.
Rossiya, xuddi Kassandra singari, o‘zini o‘zi umumjahon xavfsizlik qo‘riqchisi deb e’lon qilganlar, dunyoni jarlikka qulatishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Lekin Kassandrage hech kim quloq solmay quvgani kabi - bizning davlatga ham quloq solmay “madaniyatli dunyodan” quvishga qaror qilishdi. Biz o‘zimiz Ikkinchi jahon urushida asrab qolgan va hozir ham shunga intilayotgan dunyodan.
Yangi sanksiyalar va boshqa cheklovlar qo‘llashning yangi tahdidlari ayrim hayajonli kishilarni vahimaga solishi mumkin xolos. Rossiya ham SSSR kabi doimiy G‘arb sanksiyalari rejimida kun ko‘rmoqda. Aslida, deyarli 100-yil oldin kiritilgan sanksiyalar asosan ularni kiritganlarga zarar yetkazdi.
Rossiya ularning barchasiga dosh berdi, ko‘pchillikni qutqardi, buning uchun minnatdorlik eshitmasa-da o‘z yo‘lini ishonch bilan davom ettirmoqda. Va bularning barchasi nafaqat bizning kuchimiz tufayli, balkim haqiqat biz tomonda bo‘lgani uchun ham.