Qozog‘iston Moskvada KXShT huzurida doimiy vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Respublika prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qozog‘iston hukumati Moskvada mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartomasi tashkiloti (KXShT) huzuridagi doimiy vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning farmoni loyihasida aytilgan. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar bazasiga joylashtirilgan.
“Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Qozog‘iston Respublikasining KXShT huzuridagi doimiy vakolatxonasini ochishga qaror qilaman”, - deyilgan hujjat matnida.
Ta’kidlanishicha, vakolatxona Qozog‘istonning KXShTdagi vakolatli vakilining maqomini tashkilot nizomiga mos keltirish uchun darkor. Buning uchun Qozog‘iston TIV shtatini kengaytirish talab etiladi.
KXShT o‘zining kerakligini isbotladi - Toqayev
KXShTga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo.