O‘zbekiston biatlon federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Tashkilotning asosiy maqsadi mamlakatda biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish va u bilan shug‘ullanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Adliya vazirligi O‘zbekiston biatlon federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi xabar berdi.
Bu tashkilotning asosiy maqsadi mamlakat hududida biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish va u bilan shug‘ullanuvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Shuningdek, yangi federatsiya yosh sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi o‘z a’zolarining huquqlarini himoya qiladi.
Biatlon – qishki Olimpiada sport turi sanaladi. U o‘zida chang‘i poygalari va soyli miltiqdan o‘q otishni mujassam etgan.
Prezidentning Yangi O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmonida 2026-yilga qadar qishki sport turlarini rivojlantirish belgilangan. Milliy jamoa a’zolari shakllantirilib, 2023-yildan boshlab halqaro musobaqalarda ularning ishtiroki ta’minlanadi. O‘zbekiston 2026-yildagi qishki Olimpiya o‘yinlariga kamida 10 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.