TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Moskva g‘arbidagi Birulovodagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar deportatsiya qilinadi. Bu haqda Tojikistonning Moskvadagi elchixonasida SputnikTj xabar berildi.
"Mojaro shaxsiy adovat tufayli kelib chiqqan, keyin ommaviy to‘qnashuvga aylandi. Natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyiga yetib borib, gumonlanuvchilarni (jami 65 kishi) politsiya bo‘limiga olib ketishdi. Ulardan 15 nafari Tojikiston fuqarolari. 7 nafarga nisbatan ma’muriy ish ochildi va ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi”, - deb tushuntirdi diplomatik vakolatxona vakili.
Yana bir Tojikiston fuqarosiga nisbatan “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Kuni kecha Moskva g‘arbidagi Birulovoda otishma bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng 66 migrantlar politsiyaga olib kelingani haqida xabar berilgandi.