TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Bugun Qozog‘iston parlamentining yig‘ilishida yangi spikeri saylandi, ushbu majlisda mamlakat birinchi prezidentning qizi deputat Dariga Nazarboyeva ishtirok etmadi.
Uning yordamchisi Janna Yermekova ma’lum qilishicha, Dariga hamon maosh to‘lanmaydigan ta’tilda – u Nur-Sultonda koronavirusdan so‘ng hozirda sog‘lig‘ini tiklamoqda.
U ta’tilga taxminan 3 hafta oldin ketgandi.
U 11-yanvar kuni prezident yangi bosh vazir ismini e’lon qilgan parlament majlisida (onlayn) qatnashmadi.
5 yanvar kuni ham parlament yig‘ilishida ham ko‘rinish bermadi.
Nazarboyeva parlamentda Iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi a’zosi lavozimida ishlaydi.