Buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari barcha viloyatlarda amalga oshiriladi

Buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari barcha viloyatlarda amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari barcha viloyatlarda amalga oshiriladi.
SSV axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
poytaxtda amalga oshirilayotgan yuqori texnologik operatsiyalar viloyat va tuman darajasida amalga oshiriladi;
buning uchun budjetdan 600 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, 100 mingdan ziyod bemorda viloyatning o‘zida yuqori texnologik operatsiyalar bajariladi.
O‘tgan yili Toshkentda 229 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilgan bo‘lsa, Namangan, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida bunday imkoniyatdan 30 kishi bahramand bo‘lgan.