TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda "Kinoteatr" telekanali orqali efirga uzatilgan filmlarning birida ochiq sahnalar namoyish etilgani haqidagi lavha jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Mazkur lavha 2021-yil 31-yanvar kuni soat 22:00da efirga uzatilgan "Baunti" filmi namoyishidan olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlari Agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertlar tayinlandi.
O‘rganish yakunlari yuzasidan tayyorlangan xulosa asosida "Kinoteatr" telekanaliga taqdimnoma hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun ma’lumot kiritiladi.