TOShKENT, 1 fev - Sputnik. AQSh o‘z fuqarolarini Belarusdan olib chiqishni qaror qildi va Belarsga bormaslikni tavsiya berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.
AQSh Davlat departamenti 1-fevralga o‘tar kechasi o‘zining Belarusdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlariga oila a’zolarini Belarus hududidan olib chiqishni buyurdi.
Undan tashqari AQSh o‘z fuqarolariga Belarusga tashrif buyurmaslik ham maslahat bergan. Bunga "Hududdagi vaziyatning noma’lumligi" sabab bo‘ldi, deyilgan xabarda.
Shuningdek, AQShning Minskdagi elchixonasi o‘z fuqarolaridan ehtiyotkor bo‘lishni, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, "favqulodda vaziyatda mamlakatdan tezkor jo‘nab ketish rejasi tuzib qo‘yishni" tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin AQSh shu tariqa o‘zining Ukrainadagi diplomatlari oila a’zolariga mamlakatni tark etishni buyurgan edi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning oxirgi oylaridan buyon dunyo OAVlari orqali AQSh va Britaniya tomonidan "Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi" mumkinligi haqidagi asossiz xabarlar tinimsiz tarqatib kelinmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu ikki davlat tomonidan Ukrainata to‘xtovsiz ravishda zamonaviy qurollar olib kelinmoqda.
Rossiya ushbu ayblovlarni asossiz deb, AQSh va NATOga o‘zaro xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida shartnoma imzolashni taklif qildi. Shartnoma AQSh tomonidan rad etildi.