TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘idagi mudhish hodisa aks etgan video paydo bo‘ldi.
Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Yosh ayol xaloyiqning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi.
Qayd etilishicha, Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayiq sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi.
Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmadi. “Yirtqichlar” bo‘limi xodimlari tez harakat qilishdi va ayiqni ichki xonaga olib kirishdi.